Jahon | 13:51
2092
2 daqiqa o‘qiladi

CNN: Pentagon Ukraina uchun qurollarni omborlarga qaytarishi mumkin

AQSh Mudofaa vazirligi memorandumi barcha qurollarni «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratadi. Patriot havo mudofaa tizimi uchun tutuvchi raketalar «qizil» toifaga kiradi.

Foto: Carolyn Kaster/AP

AQSh Mudofaa vazirligi o‘z siyosatiga o‘zgartirish kiritib, idoraga Ukraina uchun mo‘ljallangan qurollarni AQShdagi omborlarga qaytarish huquqini berdi, deb xabar qildi CNN 8 avgust, juma kuni tegishli buyruq mazmuni bilan tanish bo‘lgan to‘rt manbaga tayanib.

CNN manbalariga ko‘ra, o‘zgartirishlar haqidagi memorandumni o‘tgan oy Pentagonning siyosiy bo‘limi rahbari Elbrij Kolbi imzolagan. Bu chora avvalroq Kiyevga yordam uchun ajratilgan milliardlab dollarlarning kamayib borayotgan AQSh qurollari zaxiralarini to‘ldirishga yo‘naltirilishiga olib kelishi mumkin.

Yangi qoidalar, shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligiga Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi deb nomlanuvchi Kongress tomonidan moliyalashtiriladigan dastur doirasida Ukraina uchun maxsus ishlab chiqarilgan qurollarni qaytarishga imkon beradi.

Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (USAI) 2016 yilda AQSh Kongressi tomonidan Ukraina uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri amerikalik ishlab chiqaruvchilardan qurol sotib olish uchun Pentagonga mablag‘ ajratish maqsadida yaratilgan dasturdir. Pentagon USAI doirasidagi yetkazib berishlar uchun o‘z zaxiralaridan qurol ajratmaydi.

Mavzuga oid