Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Neft narxlari iyun oxiridan beri birinchi marta barreliga 66 dollardan pastga tushdi. Bu holat AQShning qator mamlakatlarga boj kiritishi va OPeK+ davlatlari qazib olishni oshirishi haqida e’lon qilgani ortidan ro‘y beryapti.

Foto: CartoonStock
Neft – global savdo zanjirining “dvigateli”. Uning narxi yoki ta’minotidagi o‘zgarish butun dunyo bo‘ylab mahsulot narxlari, yetkazib berish tezligi va ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiladi.
Neft iqtisodiyot uchun nimani anglatadi?
Neft shunchaki bir yoqilg‘i emas – u siyosiy qurol, geosiyosiy pozitsiya, iqtisodiy barqarorlik va strategik manba hisoblanadi. Energetika xavfsizligi, sanoat ishlab chiqarishi, transport infratuzilmasi, hatto kundalik hayotimizdagi ko‘plab qulayliklar bevosita neftga bog‘liq.
Dunyodagi umumiy energiya iste’molining qariyb 30 foizi aynan neftdan olinadi. AQSh, Xitoy, Hindiston kabi yirik iqtisodiyotlar, hatto yashil energiyaga sarmoya qilayotgan Yevropa davlatlari ham hali-hanuz neftga qaram.
Neft – faqat yoqilg‘i emas
Odatda neftni benzin, dizel yoki gaz bilan tenglashtirish odatiy hol. Ammo bu tabiiy boylikning hayotimizdagi roli bundan ancha keng. Neftdan quyidagi mahsulotlar olinadi:
- plastmassa (qadoqlar, idishlar);
- sintetik kauchuk (shinalar, sport anjomlari);
- kiyim-kechak sanoati (poliester, neylon);
- tozalik va gigiyena vositalari (sovun, yuvish vositalari);
go‘zallik mahsulotlari (kremlar, parfyumeriya);- oziq-ovqat qo‘shimchalari (benzoatlar, sintetik aromatizatorlar).
Ya’ni, har kuni foydalanadigan mahsulotlarimizning asosida ham neft yotadi. Shuning uchun neft narxidagi o‘zgarishlar, uzilishlar yoki sanksiyalarning ta’sir ko‘lami keng.
Neft – faqat imkoniyat degani emas
Neft davlatlarga boylik, sanoat rivoji, eksport daromadi kabi ko‘plab imkoniyatlarni yaratadi. Ammo bu boylikni boshqara olmagan, diversifikatsiyalashmagan iqtisodiyotlar ko‘pincha siyosiy beqarorlik, sanksiyalar yoki harbiy intervensiyalarga duch kelganda, iqtisodiyoti haddan tashqari neftga qaramligi ma’lum bo‘lib qoladi.
Iroq, Liviya, Suriya yoki Venesuyela kabi mamlakatlar ulkan neft zaxiralariga ega. Lekin bu mamlakatlardagi bugungi holat tabiiy zaxiralar farovonlik kaliti emasligini ko‘rsatadi.
Energiya manbalarining diversifikatsiyasi (quyosh, shamol, vodorod, atom energiya) har bir mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid

14:40 / 09.08.2025
Kanada Rossiyadan dengizda yetkazilgan neft uchun cheklangan narxni pasaytiradi

07:41 / 07.08.2025
Hindiston Rossiyadan neft importi tanqid qilinishini «asossiz» deb atadi

16:52 / 06.08.2025
Tramp Rossiya neftiga qarshi. AQSh prezidenti nega yana Hindistonga tahdid qilmoqda va u Kremlning daromadlarini qisqartira oladimi?

08:05 / 06.08.2025