Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistondan asal sotib olishni boshlashi mumkin
Xitoyning "Alashankou" erkin savdo zonasi orqali O‘zbekistondan asosan quritilgan mevalar importi amalga oshirilyapti.

Foto: "Dunyo" AA
Bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoy va Qozog‘iston chegarasi yaqinida joylashgan Bojxona xizmatining "Alashankou" erkin savdo zonasiga tashrifi davomida Alashankou shahri hokimining o‘rinbosari Shu Sheng Chiang ma’lum qildi.
Hokim o‘rinbosarining aytishicha, mazkur iqtisodiy zonada Xitoyga olib kilayotgan va eksport qilinayotgan mahsulotlarni yetkazib berish, o‘n turdagi mahsulotlarga setifikatlar taqdim etish, bojxona bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish va logistika xizmatlari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Shuningdek, iqtisodiy zonada tadbirkorlar tomonidan bir necha yirik omborlar tashkil etilgan. Ular mahsulotlarni saqlash, yuklash va hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashadi.
Ushbu yirik majmua 2011 yilda "Bir makon – bir yo‘l tashabbus doirasida tashkil etilgan. Bu yerdan mahsulotlar Xitoydan Yevropaga va Xitoydan Markaziy Osiyo mamlakatlariga, shu jumladan O‘zbekistonga yetkazib beriladi.
Mahsulotlar asosan poyezdda va yuk avtomobillarida tashiladi. Xususan, 2024 yilda poyezd orqali 7684 ta tashuvlar amalga oshirildi. Bu raqamlar 2023 yilga nisbatan qariyb 16 foizga ko‘pdir. Shuningdek, xorijdan kirgan 40 million tonna mahsulot Xitoy hududlariga yetkazib berilgan.
Hokim o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikka alohida to‘xtalib o‘tdi.
"O‘zbekistondan asosan quritilgan mevalar va tovuq oyoqchalari eksport qilinyapti, – dedi Alashankou shahri hokimining o‘rinbosari Shu Sheng Chiang. – Bu raqamlar juda kam. Ular ikki mamlakat salohiyatiga javob bermaydi. Biz o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sheriklikni kengaytirishga tayyormiz. O‘zbek hamkorlarimizning takliflarini eshitishga va ularga Xitoy bozorlariga kirishiga yordam berishimiz mumkin. Masalan, biz asalni Rossiyadan olib kiryapmiz. Bilishimcha, O‘zbekiston asali ham juda shirin va xaridorgir. O‘zbek tadbirkorlari asal mahsulotlarini zamon talablari asosida qadoqlab eksport qilsa, biz ular uchun Xitoy bozoridan xaridor topishga ko‘maklashamiz", – dedi Alashankou shahri hokimining o‘rinbosari Shu Sheng Chiang.
"Alashankou" erkin savdo zonasi bilan tanishuv davomida mahsulotlar saqlanayotgan omborlar, yuklarni tushirish, qadoqlash va yuklash xizmatlari ko‘zdan kechirildi.
Mavzuga oid

11:06
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi

07:55
Xitoy O‘zbekiston bilan geologik qidiruv ishlarida hamkorlikni kengaytiradi

23:47 / 08.08.2025
Xitoyda odamsimon robotlarning dunyodagi birinchi do‘koni ochildi

23:34 / 06.08.2025