Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
ChatGPT unga bromid iste’mol qilishni buyurgan. Oqibatda erkak paranoyya va gallyutsinatsiya tashxisi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Foto: Depositphotos
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatiga ko‘ra, uch oy davomida tuz o‘rniga bromid iste’mol qilgandan so‘ng, majburiy davolanish uchun ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.
Bu zaharlanish va psixoz rivojlanishiga olib keldi, deyiladi Amerika shifokorlar kolleji va Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi shifokorlarining Annals of Internal Medicine jurnalida chop etilgan maqolasida.
Bemor shifoxonaga paranoyya va gallyutsinatsiya tashxisi bilan yotqizilgan. U qo‘shnisi o‘zini zaharlagan deb gumon qilgan. Shifokorlar uning tanasida bromidning yuqori miqdori borligini aniqlab, psixiatriya bo‘limiga yotqizgan.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u tuz iste’molini kamaytirmoqchi bo‘lgan va ChatGPT tavsiyalariga tayanib, uni onlayn sotib olingan bromidga almashtirgan. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt haqiqatan ham bunday maslahatni sog‘liqqa xavf borligi haqida ogohlantirmasdan berishi mumkin.
Uch haftalik davolanishdan so‘ng bemor shifoxonadan uyiga javob berilgan.
Vashington universiteti shifokorlari bromid ilgari tibbiyotda qo‘llanilganini, biroq uzoq vaqt qo‘llanilganda zaharli bo‘lgani uchun undan voz kechilganini eslatdi. Hozir u faqat ayrim veterinariya preparatlari va qo‘shimchalarida uchraydi.
ChatGPT so‘nggi paytlarda ba’zi foydalanuvchilarga aqldan ozdiradigan yolg‘on va bema’ni maslahatlarni berishni boshladi, deb xabar berdi avvalroq The Wall Street Journal (WSJ). Sun’iy intellekt o‘zga sayyoraliklar bilan aloqalar va kelajakdagi apokalipsis haqida e’lon qildi. Shifokorlar buni «sun’iy intellekt psixozi» deb atamoqda, bunda sun’iy intellekt foydalanuvchilarning noto‘g‘ri tushunchalari va illyuziyalarini kuchaytiradi. Ba’zi odamlar chat-botning maslahatlari bilan katta pul sarflaydi yoki yaqinlari bilan munosabatlarini uzadi. OpenAI muammoni tan oldi va neyron tarmoqlarga muhim shaxsiy masalalar bo‘yicha maslahat berishni taqiqlashga va’da berdi.
Mavzuga oid

11:51
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem

11:22
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda

01:11
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda

22:33 / 10.08.2025