Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Katalon matbuotining yozishicha, faxriy qirol Xuan Karlos I narxi 4,5 million yevrolik qarorgohni tanlagan.

Foto: Getty images
Korrupsiya mojarolari va soliq muammolari bois Ispaniyani tark etib besh yildan buyon Abu-Dabida yashayotgan faxriy qirol Xuan Karlos I Portugaliyaga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Kataloniyaning El Nacional gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Xuan Karlos I Eshtoril va Kashkayshdagi hashamatli qarorgohlarni ko‘zdan kechirgan. U Ikkinchi ispan respublikasi e’lon qilinganidan so‘ng qochqinlikdagi yoshlik davrini aynan Eshtorilda o‘tkazgan.
Xabarlarga ko‘ra, u narxi 4,5 million yevroga teng qarorgohni tanlagan.
Qarorgoh Xuan Karlos I ning hozirgi holatiga mos ravishda qayta jihozlanmoqda.
Ispaniyaning hozirgi qiroli Filipp VI ning otasi bo‘lmish Xuan Karlos I soni va tizzalarida bir nechta operatsiyani o‘tkazgan.
Mavzuga oid

16:08 / 03.08.2025
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar

19:06 / 27.07.2025
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi

08:15 / 23.07.2025
Ispaniyada Ukraina IIV sobiq xodimi o‘lik holda topildi

08:25 / 18.07.2025