Jahon | 18:53
928
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp aqliy imkoniyat testini “a’lo”ga topshirganini aytdi

Donald Tramp AQShning eng keksa prezidenti hisoblanadi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda aqliy imkoniyat testidan “a’lo”ga o‘tganini aytdi va unga muxolif demokrat siyosatchilarni ham shunday sinovdan o‘tishga chaqirdi.

"Bu intrigachi siyosatchilarning har birini men yaqinda Vashingtondagi harbiy hospitalda topshirgan kognitiv testga o‘xshash imtihondan o‘tishga majbur qilish kerak. Shifokorlar "prezident Tramp uni “a’lo”ga topshirdi, bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi!” deyishdi. So‘l radikallarning barchasi ahmoqliklarini namoyish etib bu testdan o‘tolmagan bo‘lishardi. Testdan o‘ting", - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Tramp AQShning eng keksa prezidenti hisoblanadi. U lavozimiga kirishayotgan vaqtda uning yoshi Jo Baydenning inauguratsiyasi o‘tkazilgan vaqtdagi yoshidan bir necha oylikka katta bo‘lgan.

Mavzuga oid