Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Komi Respublikasi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukraina dronlari tomonidan hujumga uchradi.

Foto: Telegram / komivkomi
Ukraina dronlari birinchi marta Rossiyaning Komi Respublikasiga hujum qildi. Undan chegaragacha taxminan ikki ming kilometr. Uxta shahrida dronlar hujumi xavfi e’lon qilindi.
Telegram kanallariga ko‘ra, dronlar mahalliy neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilgan. «Den» axborot dasturida shunday deyiladi: «NQIZ hududida dron qulab tushdi. <...> Neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz bermadi».
Uxtada «Yarmarka» savdo markazi, shuningdek, yaqin atrofdagi neftni qayta ishlash zavodi evakuatsiya qilingan.
Ukrainaning Supernova+ telegram-kanali Uxtada joylashgan «Lukoyl-Uxtaneftepererabotka» neftni qayta ishlash zavodi hujumga uchraganini da’vo qilmoqda.
Bundan tashqari, Uxta aholisi mobil internet ishida uzilishlar bo‘lganini aytmoqda. Aloqa bilan bog‘liq muammolardan Siktivkar aholisi ham shikoyat qilgan. Uxta aeroportida samolyotlarni qabul qilish va uchirish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi, dedi Rosaviatsiya vakili Artem Korenyako.
Viloyat rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rostislav Goldshteyn so‘zlariga ko‘ra, dronlar qulashi oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Komi Respublikasi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukraina dronlari tomonidan hujumga uchradi. Undan Ukraina chegarasigacha bo‘lgan masofa taxminan 2 ming kilometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid

11:51
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem

11:32
Alyaskadagi uchrashuv Putin uchun sinov – NATO bosh kotibi

11:22
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda

08:53