Jamiyat | 00:53
683
2 daqiqa o‘qiladi

Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi

Unga Pardo alla Carriera mukofoti topshirildi. Ilgari aktyor Shohrux Xon, rejissyor Tsay Minlyan va Kosta-Gavraslar, operator Dante Spinotti va boshqalar ushbu mukofot bilan taqdirlangan.  

Foto: Getty Images

Honkonglik kinoaktyor Jyeki Chan Lokarnodagi festivalda kinoda erishgan muvaffaqiyatlari uchun mukofotlandi.  Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.

Unga Pardo alla Carriera mukofoti topshirildi. Mukofot 2010 yildan buyon taqdim etib kelinadi. Ilgari aktyor Shohrux Xon, rejissyor Tsay Minlyan va Kosta-Gavraslar, operator Dante Spinotti va boshqalar ushbu mukofot bilan taqdirlangan.  

Mukofotni topshirish marosimida aktyor festival ma’muriyati hamda faoliyati davomida birga ishlagan barcha rejissyor va aktyorlarga minnatdorlik bildirdi. U shuningdek, yoshlik davridagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. 

“O‘shanda 17 yoshda edim. Oshxonada dadamning ovqat tayyorlashini kuzatib o‘tirgandim. Birdan otam menga o‘girildi va so‘radi: “O‘g‘lim, men 60ga kirdim va hali ham ovqat tayyorlay olaman. Sen-chi, 60ga kirganingda ham mushtlasha olasanmi?”.  Men nima deb javob qaytarishni bilmay qolgandim. Hozir 71 yoshdaman va hali ham mushtlasha olaman”, — dedi u. 

Mavzuga oid