Peskov: Putin Buyuk Britaniya bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashuvda Moskva barcha sohalar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni tiklashdan manfaatdor ekanligiga ishora qildi. Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Putin aniq signal yubordi – biz munosabatlarimizning tiklanishi, barcha sohalar bo‘yicha suhbatning tiklanishidan manfaatdormiz va bu borada Britaniya tomoni qanchalik tayyor bo‘lsa, shuncha olg‘a borishga tayyormiz", deb aytdi Peskov.
4 sentabrda Putin Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey bilan Xitoyda o‘tayotgan G20 sammiti doirasida uchrashdi.
Mavzuga oid

18:08
Patrushev Rossiyaning Odessaga da’vosini e’lon qildi

15:27
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

14:06
Mishustin Rossiya iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri ekanini ma’lum qildi

13:41