Xitoyda cho‘l o‘rtasidan o‘tuvchi eng uzun yo‘l qurildi

Xitoyda cho‘l o‘rtasidan o‘tuvchi eng uzun yo‘l qurildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Trassa shimoliy Xitoydagi Ichki Mongoliya muxtor tumanining Linxe va Baygeda punktlarini o‘zaro birlashtirib turadi. Uning uzunligi 930 km.ni tashkil etadi. Telekanalning xabar berishicha, avtomagistral cho‘l o‘rtasidan o‘tgan yo‘llar ichida rekord uzunlikka ega. Loyihaning umumiy qiymati 37 milliard yuanni (5,55 milliard dollar) tashkil etadi.
Ichki Mongoliya hukumati saytida e'lon qilinishicha, 2015 yilning aprelida boshlangan trassaning qurilishida 30 ming ishchi qatnashgan.
Mavzuga oid

18:53
Qozog‘iston prezidenti Xitoyga 1,5 ming bosh sayg‘oq sovg‘a qildi

13:59
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

08:41 / 16.06.2025
Xitoy o‘zining yadroviy arsenalini hammadan tezroq kuchaytirmoqda

12:40 / 12.06.2025