Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jaguar Land Rover avtomobillari egasini taniydigan bo‘ldi

Foto: Motor.ru
Buyuk Britaniyaning Jaguar Land Rover guruhi kishilarni avtomobil kalitini olib yurish tashvishidan xalos etishi mumkin bo‘lgan texnologiyaga patent oldi. Gap avtomobilning yon tomonlariga o‘rnatilgan maxsus kameralar vositasida inson yuzini aniqlash tizimi haqida bormoqda.
Patent olish uchun topshirilgan hujjatlarga muvofiq, tizimning ishlashini avtomobil deraza chiziqlari pastki qismiga o‘rnatilgan ikkitadan kamera ta'minlaydi. Ular nafaqat o‘z qarshisi, balki yonlarini ham «ko‘radi». Ular ikki bosqichda «tanish» amaliyotini amalga oshiradi: avtomobilga yaqinlashib kelayotgan kishining harakatdagi tasvirini hamda bevosita eshik yoniga kelganda uning stereoskopik suratini oladi.
Dinamik va statik suratlar avtomobil xotirasidagi ma'lumotlar bilan qiyoslanadi. Agar tizim mashina egasini yoki xotiraga kiritilgan boshqa insonni tanisa, eshiklar kalitsiz ochiladi. Shu bilan, avtomobil qulflarini ochish uchun «o‘z» odamining birgina surati kifoya qiladi.
JLR texnologiyasi nafaqat avtomobil egalarini kalitni yo‘qotib qo‘yish xavotiridan xalos etishga, balki avtomobillarni o‘g‘irlash holatlarini kamaytirishga ham xizmat qilishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid

07:20 / 16.07.2025
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

21:41 / 15.07.2025
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi

07:30 / 15.07.2025
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi

22:37 / 13.07.2025