Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh HDK desant kemalari O‘rta yer dengiziga kirdi

O‘rta yer dengiziga AQShharbiy-dengiz kuchlarining ikkita desant kemalari kirdi, deb xabar qilmoqda Pentagon ma'muriyati saytida.
Wasp (LHD 1) desant kemasi va Whidbey Island (LSD 41) desant-dok kemasi 1 dekabr kuni Suvaysh kanalidan o‘tib, Oltinchi flot nazoratidagi hududga kirgan.
Ularning bortida 4 ming harbiy xizmatchi – dengizchilar va ARG guruhini tashkil etuvchi dengiz piyoda qo‘shinlari askarlari bor.
Wasp kemasi komandiri Bayron Ogden so‘zlariga ko‘ra, ularning zimmasiga O‘rta yer dengizida xavfsizlikni ta'minlash vazifasi yuklatilgan.
«Ushbu dengiz yo‘li bizning global miqyosdagi iqtisodiyotimiz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Va u flotlar o‘rtasidagi o‘zaro mustahkam aloqalar tufayli xavfsiz bo‘lib qolmoqda», — deb qayd etgan Ogden.
Mavzuga oid

11:33
Tramp YeI uchun yangi bojlar kuchga kirganini e’lon qildi

10:00
Tramp agar kelishuv bajarilmasa, YeIga tariflarni oshirish bilan tahdid qildi

08:15
YeI Tramp bilan kelishuvni «eng yaxshi variant» deb hisoblayapti

07:58