Samsung kompaniyasi "uchar likopcha"ga patent oldi
Samsung kompaniyasi shaklan o‘zga sayyoraliklar haqidagi filmlardagi uchar likopchaga o‘xshab ketuvchi uchuvchisiz qurilmaga patent oldi. Hujjat Koreya intellektual mulk byurosi tomonidan berildi. Hi-Tech nashri shu haqida ma'lum qildi.
Janubiy Koreya gigantining yangi ishlanmasi - kamera bilan jihozlangan uchuvchisiz qurilma. Kompaniya patent olish uchun arizani aprel oyida bergan bo‘lsa-da, hujjatlarni dekabr oyida taqdim etgan.
Disk shaklidagi konstruksiyaning ichida rotorli dvigatel yashiringan. U xavfsizlikni ko‘zlab, ikki tomondan panjara bilan yopilgan. Bundan tashqari, likopcha ikki oyoqqa ham ega.
Uchuvchisiz qurilma korpusi metall va sintetik qatronlardan ishlangan. Kamera maxsus tokchaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonida konfiguratsiya o‘zgartirilishi mumkin, albatta, lekin uning patentdan katta farq qilmasligi aniq.
Mavzuga oid

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

17:45 / 26.03.2025
Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi

17:02 / 26.03.2025