Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy imperatori Tsyanlunning muhri Parijda 21 million yevroga sotildi
Xitoyning so‘nggi Tsin sulolasi imperatori Tsyanlun (1711-1799) muhri Parijdagi kimoshdi savdosida 21 million yevroga sotildi. “Sinxua” agentligining xabar berishicha, kimoshdi savdosi ishtirokchilari artefakt bahosini boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 karradan ortiqroqqa ko‘tarishgan.
“Duo” kimoshdi savdosi uyi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, deyarli 60 yil Xitoyni boshqargan hukmdorga tegishli bo‘lgan 9 ajdar tasviri tushirilgan qizil va oq nefritli muhr XIX asr oxirida fransuz shifokori tomonidan olib chiqilgan. Keyinchalik yuz yildan ortiq vaqt davomida ushbu muhr shifokor avlodlari tomonidan oilaviy qadriyat sifatida saqlab kelingan.
Manbaga ko‘ra, muhrning yangi sohibi – xitoylik kolleksioner. Uning ismi sharifi oshkor qilinmagan.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi ikki yuz yillikda XXRga tegishli 10 milliondan ortiq qadimiy san'at namunasi mamlakatdan tashqariga olib chiqilgan. YuNeSKOning ma'lum qilishicha, bugungi kunda dunyoning taxminan 200 muzeyida 1.6 milliondan ziyod Xitoy artefakti saqlanadi.
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

09:54 / 26.07.2025
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31 / 26.07.2025