Obama respublikachilar tarafdorlari haqida: Reygan qabrida tik turgan bo‘lardi

Foto: AP
AQSh prezidenti Barak Obamaning fikricha, agar AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan, mamlakatdagi zamonaviy respublikachilarning uchdan biri Rossiya rahbari Vladimir Putin siyosatini ma'qullashini bilganida qabrida tik turgan bo‘lar edi. Obama matbuot anjumanida respublikachilarning ayrim vakillari tutayotgan pozitsiyani shunday ta'riflagan.
«Tadqiqot o‘tkazildi — ancha ishonarli manba, — unga ko‘ra, AQSh respublikachilarining 37 foizi Putinni ma'qullashadi. Sobiq KGB agentini. Ronald Reygan qabrida tik turgan bo‘lardi. Qanday qilib, shunday bo‘ldi?» — degan Obama.
Obama, avvalroq, Putinni AQShga qarshi xakerlik hujumini amalga oshirish mumkin emasligidan ogohlantirganini aytgandi.
Mavzuga oid

12:57
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak

12:49
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi

09:10
Tramp Yaqin Sharq tufayli G7 sammitini zudlik bilan tark etdi

08:52