«Real»ning sobiq murabbiyi: Florentino Peres futbol haqida hech nimani tushunmaydi

Madridning «Real» klubida Xorxe Valdano bosh murabbiy bo‘lib ishlaganida unga yordamchilik qilgan mutaxassis Anxel Kappa «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peresni tanqid qildi. Kappaning hisoblashicha, Peres futbol haqida hech narsa bilmaydi.
«Real» tarkibida ajoyib futbolchilar bor, haqiqiy yulduzlar. Ammo klubning o‘z futboli va o‘yin falsafasi yo‘q. Ular futbolchilarni sotib oladi, murabbiylarni almashtiradi va o‘yin g‘oyasi ham o‘zgaraveradi.
Mana «Barselona»ni qaraylik, bu jamoada futbol falsafasi bor. Gap shundaki, Peres futbol haqida hech vaqoni tushunmaydi», — deya Kappaning so‘zlarini keltirgan AS.
Mavzuga oid

18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi

11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

19:27 / 26.04.2025