O‘zbekistondagi besh yulduzli mehmonxona narxi jahon me'yoridan 1,5 baravar qimmat

Toshkent, Samarqand va Buxoro O‘zbekistonning eng muhim sayyohlik markazlari hisoblanadi. Ushbu maskanlarda mamlakatdagi turizm infratuzilmalarining 51,7 foizi joylashgan bo‘lib, ularning aksariyati xalqaro talablarga mos keladi. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytida joylashtirilgan «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyasi» loyihasida shu haqda so‘z boradi.
Ammo, O‘zbekiston sayyohlik bozorida xalqaro mehmonxonalar brendlarining ishtiroki juda sustdir. Barcha xalqaro mehmonxona kompaniyalari Toshkentda joylashgan. Biroq, bu yerdagi narx-navo dunyoning yetakchi sayyohlik yo‘nalishlaridagi mehmonxonalar narxlaridan sezilarli balanddir. Jumladan, 5 yulduzli xalqaro mehmonxonalardagi bir xona qiymati Yevropa mamlakatlaridagi ayni o‘rin uchun olinadigan narxdan 1,5 baravar ko‘pdir. Narxlarning balandligi esa, mijozlarning kamligi, raqobat muhitining past darajasi hamda biznes-sayyohlarga o‘ta qaramlik bilan izohlanadi.
Mavzuga oid

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025