Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Churkinning o‘rnini kim egallagani ma'lum qilindi

Foto: Zuma
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasiga vaqtinchalik yangi rahbar tayinlandi. Vitaliy Churkinning o‘rnini uning birinchi o‘rinbosari Pyotr Ilichev egalladi. Bu haqida vakolatxonadagi manbaga tayangan holda "Interfaks" xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi yangi elchisi tayinlangunga qadar diplomatik missiya Ilichevning zimmasiga yuklatilgan.
Petr Ilichev 1966 yilning 11 martida tug‘ilgan. U 2-toifali favqulodda va muxtor elchi hisoblanadi (bu mavqega 2013 yilning 5 dekabrida ega bo‘lgan).
Manbaga ko‘ra, kuni kecha Nyu-Yorkda hayotdan ko‘z yumgan Vitaliy Churkinning jasadi Moskvaga keltirilgan. Bugun, 24 fevralda u bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tadi.
Churkin 65 yoshligi arafasida Nyu-Yorkdagi kabinetida hayotdan ko‘z yumgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Biroq bu boradagi aniq ma'lumot ekspertlar tomonidan bir necha hafta ichida beriladi.
Vitaliy Churkinning Moskva shahridagi Troyekurovskiy qabristoniga dafn etiladi.
Mavzuga oid

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15 / 14.07.2025
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025