Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp jamoasida mashhur siyosatchi paydo bo‘lishi mumkin
Britaniyalik taniqli siyosatchi, sobiq bosh vazir Toni Bler Yaqin Sharqqa Vashington orqali qaytmoqchi.
Daily Mail nashrida yozilishicha, u maxfiy ravishda Oq uyda bo‘lgan. U Donald Trampning kuyovi, shu bilan birga uning bosh maslahatchisi Jared Kushner bilan uchrashgan.
France Press agentligining yozishicha, tomonlar Bler AQSh prezidentining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallashi imkoniyatlarini muhokama etishgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bu ularning o‘tgan yil sentabr oyidan buyon uchinchi uchrashuvi hisoblanadi.
Toni Bler 2007 yildan 2013 yilga qadar Yaqin Sharq masalasi bo‘yicha maxsus elchi bo‘lgan va arab-yahudiy ziddiyatini tinch yo‘l bilan hal qilish ustida ishlagan. Uning bu boradagi tajribasi Oq uyda yuksak qadrlanayotgani aytilgan va uning Tramp jamoasida paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Agar Tramp bu vazifani Toni Blerga topshirsa, Iroq urushidan keyin xalqaro maydonda obro‘si keskin tushib ketgan siyosatchining hayratomuz qaytishi bo‘ladi.
Bundan oldinroq Bler Iroq kampaniyasidagi xatosini tan olgandi va mas'uliyatni zimmasiga olgandi.
Eslatib o‘tamiz, uning tashabbusi bilan qamoqdan ozod qilingan terrorchi keyinchalik Mo‘sulda yirik portlash sodir etgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:22
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
-
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi
Ko‘chmas mulk | 17:11
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mulozimi ishdan olindi
O‘zbekiston | 16:28
Mavzuga oid

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

15:02 / 18.07.2025
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor

10:42 / 18.07.2025
“Isroil mintaqada boshqa qudratli davlat shakllanishini xohlamaydi” - siyosatshunos

13:56 / 04.07.2025