“O‘zbekiston - Koreya” Do‘stlik jamiyatiga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Toshkent shahrida 2017 yilning 3 mart kuni “O‘zbekiston - Koreya” Do‘stlik jamiyatining majlisi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning rektori Sarvar Babaxodjayev “O‘zbekiston - Koreya” Do‘stlik jamiyatining boshqaruv raisi etib saylandi. Bu haqda universitet Axborot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda jamiyatning Boshqaruv hamda Taftish komissiyasi a'zolari ham saylandi. IUT Prorektori Turdimurat Tursunmuratov “O‘zbekiston - Koreya” Do‘stlik jamiyatining boshqaruv raisi muovini etib saylandi.
“Haejin NewWorld” kompaniyasi Bosh direktorining muovini Sergey Pak “O‘zbekiston - Koreya” Do‘stlik jamiyatining ijrochi direktori etib saylandi.
Majlis davomida qatnashchilar O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish masalalarini muhokama qilishdi.
Mavzuga oid

07:59
Toshkent ko‘chmas mulk bozorida uy-joylarning o‘rtacha narxi pasaydi

20:40 / 29.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?

08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi

00:24 / 29.04.2025