AQShda 11 sentabr teraktlari tufayli Saudiya kompaniyalarini sudga berishdi

Foto: Reuters
AQShning yigirmadan ortiq sug‘urta tashkiloti Saudiya Arabistonining Osama bin Lodin oilasi bilan aloqador bo‘lgan ikki bank va qator kompaniyalarini sudga berdi. Ular 2001 yilning 11 sentabr kungi hujumlar tufayli 4,2 milliard dollar talab qilishmoqda, deb xabar beradi Reyter agentligi.
Bu tashkilotlar teraktlarni “qo‘llab-quvvatlash va unga undash”ni “Al-Qoidaga ko‘mak ko‘rsatuvchi qator harakatlar” orqali amalga oshirganlikda ayblanmoqda.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlarda 2001 yilning 11 sentabr kuni yuz bergan terakt qurbonlari qarindoshlari Saudiya Arabistonini sudga berishgandi. Ular mamlakatni “Al-Qoida” terrorchilik guruhini moliyalashtirish va boshqa yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashda ayblashmoqda. Da'vo arizasi sudga 800 kishi nomidan yuborilgan.
2001 yilning o‘n birinchi sentabr kuni “Al-Qoida” terrorchilari bir necha yo‘lovchi samolyotini egallab olib, ularni Pentagon va Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi binosiga qarab yo‘naltirishdi, hujum oqibatida 3 ming kishi qurbon bo‘ldi.
Mavzuga oid

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29 / 28.04.2025
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

14:45 / 28.04.2025