Video: Ilon yo‘lda harakatlanayotgan mototsiklchiga hujum qildi

Tailandda ilon yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan mototsiklchini tishlab olishiga bir baxya qoldi. Mashable portali ushbu holat videoroligiga e'tibor qaratgan.
"Siz, aftidan, mototsiklda ketish chog‘ida ilon tomonidan hujumga uchrash ehtimoli kam, deb o‘ylasangiz kerak. Biroq, Tailandning Lampangida hammasi bir qadar boshqacha shekilli", - deya ta'kidlaydi nashr muxbiri.
Rolikda ilonning haydovchiga tashlanishi, buning oqibatida u bir yonga qaytirilishga va ilon tishlamasligi uchun oyog‘ini ko‘tarib olishga majbur bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Ko‘p ehtimol bilan ilon mototsikl ortidan ketayotgan mashina tagida qolgan.

Mavzuga oid

14:22 / 29.04.2025
Toshkentda yuz bergan YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi

09:53 / 29.04.2025
Toshkentda BMW mototsikli ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

16:01 / 06.07.2024
Metanda yuradigan ilk mototsikl taqdim etildi. Uning narxi 1000 yevrodan boshlanadi

21:48 / 04.06.2024