Yangi «Tesla» suratlari paydo bo‘ldi

Foto: electrek.co
Internet tarmog‘ida yangi «Tesla» – Model 3 interer va ekstereriga oid suratlar paydo bo‘ldi. Umumiy foydalanishdagi yo‘lda sinovdan o‘tgan avtomobil Kaliforniyada fototasmalarga muhrlandi, deb yozmoqda Electrek.
Avvalroq, Ilon Mask «Tesla»ning eng arzon modeli – Model 3 – uskunalar paneliga ham, proyeksiya displeyiga ham ega bo‘lmasligini aytgan edi. Suratlar uning so‘zlarini tasdiqlaydi: avtomobilning old paneli markazida bitta katta ekran bor. Shuningdek, Mask haydovchini uskunalar paneli bo‘lishi bo‘lmasligi «umuman qiziqtirmaydi» degandi.
Tesla Model 3 kontsept namunasi o‘tgan yil aprelida namoyish qilindi. Uning seriyali namunasi shu yil iyul oyi boshida taqdim etiladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi mashinaning kuzovi po‘lat va alyuminiydan bo‘ladi. U qayta quvvatlanishlarsiz 480 kmgacha harakatlana oladi. Buning uchun unga 80 kVt*soat hajmli batareya o‘rnatiladi. Avval xabar qilinganidek, bu modelga Model S yoki Model X elektromobillariga qo‘yilgan 100 kVt*soat hajmli batareyalar o‘rnatilmaydi.
Uning boshlang‘ich narxi – 35 ming dollar atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025