Deutsche Bank Tramp bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim qilishdan bosh tortdi

Foto: AP Photo/Mark Lennihan
Germaniyaning Deutsche Bank banki AQShning 5 nafar demorkratchi kongressmeniga AQSh prezidenti Donald Tramp va uning oilasiga Rossiya tomondan kreditlar berilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishdan bosh tortdi. Bank o‘z rad javobini berishda AQShning shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish haqidagi qonuniga tayangan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Umid qilamizki, siz Deutsche Bank kongress va sudlar shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun o‘rnatgan chegaralarni hurmat qilishi zarurligini tushunasiz", deb javob bergan bank kongressmenlarga.
AQSh kongressi vakillar palatasining moliyaviy xizmatlar bo‘yicha qo‘mitasining 5 nafar demokrat a'zosi 23 may kuni Deutsche Bank’ga Trampning tranzaksiyalari bo‘yicha ma'lumot berishni so‘rab maktub jo‘natgan. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, kongressmenlar Rossiya hukumati bank tomondan Trampning ko‘chmas mol-mul bilan bog‘liq operatsiyalari uchun kreditlar berilishini haqiqatan ham o‘z kafolatlari bilan qo‘llab-quvvatlaganiga aniqlik kiritishni so‘rashgan.
Demokratlarni shuningdek Rossiyadan 2011-2015 yillarda 10 mlrd dollar olib chiqib ketilgani uchun bank joriy yil yanvarida Nyu-York sudi tomondan 425 mln dollarga jarimaga haqiqatan ham tortilgani-yo‘qligi haqidagi ma'lumotlar qiziqtirgan.
Axborot agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, nemis banki ma'lumotlarni qonunga muvofiq holda butun parlament qo‘mitasidan so‘rov bo‘lgandagina taqdim qila olishini aytgan. Qo‘mitaning respublikachi a'zolari esa bunday hujjat ostiga imzo qo‘yishdan bosh tortmoqdalar.
Mavzuga oid

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:36 / 29.04.2025
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

18:08 / 29.04.2025
Patrushev Rossiyaning Odessaga da’vosini e’lon qildi

15:27 / 29.04.2025