AQSh davlat kotibi Tillerson Kiyevga keldi

Foto: 112 Ukraina
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 9 iyul, yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan Kiyevga keldi. "112 Ukraina" telekanali shu haqida xabar berdi.
Bundan avval AQSh davlat departamentida idora rahbari Reks Tillerson 9 iyul kuni ishchi tashrif bilan Kiyevga borishi va Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan uchrashishi haqida ma'lum qilingan edi.
Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldori ma'lumotlariga ko‘ra, Tillerson tashrif doirasida Ukraina prezidentiga mamlakat sharqidagi mojarolarga nisbatan o‘z nuqtai nazarini bildiradi va bu masalada ko‘proq ma'lumot to‘plashga harakat qiladi.
Mavzuga oid

19:15
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18
Zelenskiy Putin taklif qilgan uch kunlik sulhni rad etdi

13:37
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59