AQSh Fors ko‘rfazida lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi

Foto: CNN
AQSh HDK harbiylari Fors ko‘rfazida LaWS (Laser Weapons System) lazer quroli tizimini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Telekanalning bildirishicha, bu «AQSh HDK va dunyodagi birinchi faol lazer qurolidir».
«Biz shamol, masofa, umuman, hech narsa haqida tashvish qilmaymiz. Biz yorug‘lik tezligida aniq nishonga olishimiz mumkin», - deya ma'lum qildi leytenant Keyl Xyuz.
Ta'kidlanishicha, LaWS tezligi qit'alararo ballistik raketa tezligidan 50 barobarga ko‘pdir.
AQSh HDK lazer qurolini sinovdan o‘tkazishda nishon sifatida drondan foydalangan. Natijada uchuvchisiz uchar qurilma yonayotgan qanot bilan dengizga qulagan.
Mavzuga oid

18:55
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi

18:45
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi

18:44
«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi

17:35