Ronaldu terma jamoalar to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa chiqdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2018 saralashi doirasida Andorraga qarshi kechgan uchrashuvda urgan gol uning terma jamoa safida urgan 79-goli bo‘ldi. «Real» hujumchisi bu orqali terma jamoa safida urilgan gollar hisobi bo‘yicha zambiyalik Godfri Chitalu bilan tenglashib oldi va bu boradagi ro‘yxatda uchinchi o‘ringa joylashdi.
Terma jamoalarning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida eronlik Ali Dayi yetakchilik qilmoqda, uning hisobida 109 gol bor. Ikkinchi o‘rinda vengriyalik futbolchi Ferents Pushkash (84) joylashgan.
Ronaldu iroqlik Husseyn Said (78 gol) va braziliyalik Peleni (77 gol) ortda qoldirdi.
Mavzuga oid

21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi

15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi

17:12 / 28.04.2025
Yevropaning ayrim davlatlarida blekaut yuzaga keldi

00:35 / 03.04.2025