Dunyoda inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha ilk operatsiya o‘tkazildi
Xitoyda inson boshini boshqa tanaga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi ilk operatsiya bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, operatsiya murdada o‘tkazilgan va 18 soat davom etgan. Jarayon davomida umurtqani, asab tolalari va qon tomirlarini tiklashga muvaffaq bo‘lingan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini uni o‘tkazgan italiyalik jarroh Serjo Kanavero Venadagi matbuot anjumanda ma'lum qildi. Operatsiya Xarbin tibbiyot universitetining doktor Jen Syaopin boshchiligidagi jamoasi bilan birgalikda o‘tkazilgan. Kanaveroning aytishicha, bu operatsiyadan keyin tirik odamga bosh ko‘chirib o‘tkazish yanada haqiqatga yaqinlashdi va u yaqin orada o‘tkaziladi.

2016 yilda neyrojarroh bosh ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasidan o‘tgan sichqon va it videosini namoyish qilgan. Jonzotlarda o‘tkazilgan tajriba davomida polietilenglikol moddasidan foydalanilgan. Bu modda orqa miyaning shikastlangan qismlariga kiritilgan va minglab neyronlar o‘rtasida aloqani tiklashga ko‘mak bergan.
Murdada operatsiya o‘tkazish neyrodegenerativ kasallikdan aziyat chekuvchi rossiyalik dasturchi Valeriy Spiridonovga bosh ko‘chirib o‘tkazishga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan. Biroq bu operatsiya amalga oshirilishi bo‘yicha ishonchli dalillar yo‘q.
Mavzuga oid

10:31
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

07:40 / 29.04.2025