Foto: NASA Yupiterdagi noodatiy bulutlarni namoyish etdi
NASA Yupiterning shimoliy yarimsharida suratga olingan bulutlarni namoyish etdi. Agentlik saytida bulutlar tasviri joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, kadr bulutlardan 18 ming kilometrdan ortiq masofada turgan (Nyu-York va Avstraliya oralig‘idagi masofaga teng) Juno kosmik kemasidan suratga olingan.
Tadqiqotlar uchun surat moviy filtrdan o‘tkazilgan.
Juno 2011 yilning 5 avgustida Yupiterni o‘rganish uchun uchirilgan, sayyora orbitasiga 2016 yilning 5 iyulida yetib borgandi. Missiyaning vazifasi sayyoraning gravitatsiya va magnit maydonini o‘rganish hisoblanadi.
Mavzuga oid

01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

23:45 / 13.04.2025