Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari AQShdan qarorini bekor qilishni talab qildi

© RIA Novosti / Vitaliy Belousov
Arab davlatlari ligasi (ADL) tashqi ishlar vazirlari kengashining Qohiradagi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, arab davlatlari AQShdan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini bekor qilishni talab qilishdi.
“Kengash AQShdan Al-Quds bo‘yicha qarorini bekor qilishni talab qiladi va Isroilni 1967 yil 4 iyundan boshlab falastin va arab yerlarini noqonuniy egallab olishini to‘xtatish uchun xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda BMT rezolyutsiyasini bajarishga majbur qilmoqchi”, deb aytilgan ADL bayonotida.
AQSh prezidenti Donald Tramp 6 dekabrda Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qilgandi.
Arab davlatlari fikricha, bu qaror xalqaro huquq tamoyillarini buzadi va BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalariga zid keladi. “Bu qarorning hech qanday qonuniy natijasi yo‘q, u faqatgina tinchlikka erishish bo‘yicha sa'y-harakatlarni yo‘qqa chiqaradi, keskinlikni avj oldiradi, yanada ham ko‘proq adovatni vujudga keltiradi va butun Yaqin Sharqni zo‘ravonlik, tartibsizliklar, qon to‘kilishi va beqarorlik jariga qulatish bilan xavf soladi”, deb aytdilar arab davlatlari vazirlari.
Shuningdek, ADL va Islom hamkorligi tashkiloti AQShning Al-Quds bo‘yicha qaroriga qarshi birgalikdagi axborot kampaniyasini boshlamoqchi. Bu kampaniyadan maqsad xalqaro hamjamiyatga Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishining xavfli ekanligini isbotlashdan iborat.
“ADL kengashi Islom hamkorlik tashkiloti bilan birgalikda ADLning bosh kotibiyatiga AQShning qarori, Isroilning Al-Qudsdan musulmonlarni ham, nasroniylarni ham siqib chiqarishga qaratilgan harakatlari xavfli ekanini tushuntirish bo‘yicha xalqaro axborot kampaniyasini boshlashni tashkillashtirish vazifasini topshirdi”, deb aytilgan xabarda.
Bundan tashqari, ADL Al-Quds aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun Al-Quds va Al-Aqso jamg‘armasini moliyalashtirishni ko‘paytirishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
-
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi
Jamiyat | 08:02
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
Mavzuga oid

01:11
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda

22:33 / 10.08.2025
AQShda eng badbashara kuchuk egasiga 5000 dollar mukofot berildi

10:17 / 10.08.2025
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi

22:29 / 09.08.2025