Qodirov Eron haqida gapirdi va AQShni ayblab chiqdi

Foto: TASS
Checheniston respublikasi rahbari Ramzon Qodirov Erondagi hodisalarga izoh berdi hamda AQShning bunga reaksiyasi haqida gapirdi. Bu haqda u o‘z telegramida yozgan.
Qodirovning ta'kidlashicha, Rossiya, yaqin qo‘shni sifatida, Erondagi tinchlik va barqarorlikdan manfaatdir, ularga qanday erishishni Eron hukumati hamda xalqi hal qilishi lozim. AQShning bu masala bo‘yicha pozitsiyasi esa Checheniston rahbarini qoniqtirmaydi.
«Prezident Donald Tramp Eron hukumatini mitingda ishtirok etayotganlarga Instagram va Telegram’dan foydalanish imkonini taqdim etishga «chaqirdi». Bunga «fuqarolarning o‘z fikrini erkin ifoda etishga bo‘lgan huquqlari hurmat qilinishi» lozimligi sabab qilib ko‘rsatildi. Shu bilan birga, u Eronni jahonda terrorizmning bosh homiysi, deb atashdan uyalmadi», - deya yozgan Qodirov.
Shu bilan birga, Checheniston rahbari «AQSh pozitsiyasidagi riyokorlikni» qayd etib o‘tgan.
«AQSh pozitsiyasidagi riyokorlik hammasidan o‘tib tushdi. Facebook o‘ylab topilgan sabablar bilan mening sahifalarimni bloklab qo‘yganida, rasmiy Vashington jim turibdi, bu hech qanday sababsiz qilinganiga qaramay, ro‘y berdi», - deya yozdi Qodirov.
Mavzuga oid

09:33
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak

08:44
Tramp ikkinchi muddatining birinchi 100 kuni yakunlarini maqtadi

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43 / 29.04.2025