Xitoyda muz ustida antiqa musobaqa bo‘lib o‘tdi (video)

Foto: Skrinshot
Xitoyning shimolida joylashgan Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyatida eshkak eshish bo‘yicha antiqa musobaqa bo‘lib o‘tdi. Gap shundaki, ishtirokchilar suvda emas, balki muz ustida eshkak eshish bo‘yicha bellashdilar. Shu sababli qayiqlar “muz ajdarholari” deb nom ham olgan.
chinaplus.cri.cn saytida ma'lum qilinishicha, bunday jahon chempionati tarixda ilk bor o‘tkazildi. Chempionatda 23 ta davlatdan 300 dan ko‘proq ishtirokchi qatnashgan. Musobaqalar uch kun davom etgan. Sportchilar 100 va 200 metr masofalarga qayiqlarda 12 kishi, 5 kishi va 4 kishidan bo‘lib musobaqalashganlar.
Mavzuga oid

00:46
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025