Mahalla raisi haj pulini "tuya qildi"
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar mehnat faxriysi muqaddas haj ibodatiga pora berib bormoqchi bo‘ldi, deb yozmoqda O‘zA.
Qisqa muddat tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida rais lavozimida ishlagan 34 yoshli K.M ismli shaxs mehnat faxriylariga “Sizlarni navbatsiz hajga yuboraman, poytaxtdagi yuqori idoralarda ishonchli odamim bor”, deb va'da berib, ulardan 76 million so‘m miqdoridagi pulni oladi. Bu, albatta o‘zining “xolis xizmati”dan tashqari, ya'ni bankka to‘lanadigan mablag‘ edi.
"Uddaburon" rais har biri 22 million 690 ming so‘m pulni Milliy bankning tuman filialiga topshirgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab, ularning qo‘liga tutqazadi.
Ko‘p o‘tmay K.N.ning katta miqdordagi mablag‘ni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani fosh bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

20:07 / 12.06.2025
Haj ziyoratini ado etgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Toshkentga qaytdi

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

22:51 / 27.05.2025