Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp quyosh batareyalari va kir yuvish mashinalari importiga boj kiritdi

Foto: AFP/ Mandel Ngan
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga import qilinuvchi quyosh batareyalari va kir yuvish mashinalariga boj to‘lovini kiritishga qaror qildi. Bu haqda AQShning savdo vakili Robert Laytxayzer idorasi ma'lum qildi.
Uyda ishlatiluvchi kir yuvish mashinalari, quyosh batareyalarining fotoelementlari va modullariga qo‘shimcha boj to‘lovi solinadi.
AQSh hukumati 2012-2016 yillarda AQShga kir yuvish mashinalari importi keskin oshgani va bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun katta ziyon yetkazgani haqidagi fikrga kelgan. Xususan, AQShning Whirlpool kompaniyasi Janubiy Koreyaning LG va Samsung kompaniyalari dempingi bo‘yicha shikoyat qilgan, biroq bu ishlab chiqarishni Xitoy, Tailand va Vetnamda joylashtirishga olib kelgan. LG va Samsung boj to‘lovlaridan himoyalanish uchun 2017 yilda AQShning Janubiy Karolina va Tennessi shtatlarida yirik fabrikalar qurishini e'lon qilgan. Endi kir yuvish mashinalariga qo‘shimcha boj to‘lovlari setkasi kiritiladi: AQShga kir yuvish mashinasi eksport qiluvchi kompaniya dastlabki 1,2 mln.ta mashinaga 20 foiz miqdorida, keyingilari uchun esa 50 foiz miqdorida boj to‘lashi kerak.
AQSh ishlab chiqaruvchilari xuddi shunday tarzda Xitoyning quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari dempingidan aziyat chekadilar. Xitoy quyosh batareyalarining 60 foiz fotoelementlarini va 71 foiz modullarini ishlab chiqaradi. 2012 yildan 2016 yilgacha AQShga bu mahsulotlar importi 500 foizga o‘sgan, narxlar keskin – 60 foizgacha tushgan. Bu esa AQSh kompaniyalarini AQSh hududida ishlab chiqarishni deyarli to‘xtatishga majbur qilgan.
Tramp qaroriga ko‘ra, quyosh batareyalariga boj to‘lovi 1-yil 30 foizni, 2-yil 25 foizni, 3-yil 20 foizni tashkil qiladi.
AQSh avval ham Xitoy mahsulotlariga taqiqlovchi bojlar kiritgan, biroq Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishlarini uchinchi davlatlarga ko‘chirib, AQSh bozorida dempingni davom ettirishgan.
Amerikalik ishlab chiqaruvchilarni himoyalash Trampning eng muhim saylovoldi va'dalaridan biri bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi
Jahon | 15:28
-
Yil boshidan beri qancha ayolga himoya orderi berilgani aytildi
Ayollar dunyosi | 15:25
-
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q
Jahon | 14:54
-
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:54
Mavzuga oid

15:28
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q

13:25
AQSh Falastin ma’muriyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi

13:16