Mahmud Abbos Trampning Al-Quds bo‘yicha qarorini tanqid qildi

Foto: Onur Coban/Pool Photo via AP
AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish va u yerga AQSh elchixonasini ko‘chirish qarori AQShni Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonining vositachilari qatoridan istisno qiladi. Bu haqda 28 yanvarda Addis- Abebeda, Afrika ittifoqiga a'zo davlatlar rahbarlari va bosh vazirlarining 30-uchrashuvida Falastin rahbari Mahmud Abbos aytib o‘tdi.
“Bizning ixtilofni tinchlik bilan hal qilish variantiga munosabatimiz o‘nlab yillardan beri o‘zgarishsiz qolmoqda. Biroq prezident Trampning Al-Quds bo‘yicha qarori AQShni Isroil foydasiga yon bosuvchi tomonga aylantirdi, bu esa AQShni tinchlik jarayonidagi vositachilar qatoridan istisno qiladi”, deb aytgan Abbos.
“Mohiyatan, AQSh Yaqin Sharqdagi ixtilofni tinchlik bilan hal qilishning adolatli va xolis variantini taklif qila olmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Abbos.
Abbos ixtilof ikki davlat – Falastin va Isroil davlatlari mavjud bo‘lishi tamoyiliga, 1967 yildagi chegaralarga qaytishga, Isroilning Falastin hududlarini okkupatsiya qilishni to‘xtatishiga asoslangan bo‘lishi lozimligini” aytdi. Abbos, shuningdek, barcha davlatlarni Al-Qudsda elchixona ochishdan saqlanishga chaqirdi.
Mavzuga oid

19:40
Tramp migrantlarni deportatsiya qilish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishni buyurdi

14:48
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda

14:04
Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

23:29 / 14.06.2025