Parpiyev Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashdi

Foto: XVF
2018 yil 7 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevning Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda soliq ma'muriyatchiligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, Xalqaro valyuta fondi tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini har yili baholab borish masalalari atroflicha muhokama etilgan.
Shuningdek, byudjyet tizimiga qo‘shimcha tushumlarning kelib tushishini ta'minlash maqsadida soliq organlarini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish, ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar tarkibini yanada kengaytirish hisobiga soliq organlari shaffofligini oshirish zarurligi ta'kidlab o‘tilgan.
Shu bilan birga jarayonlarni avtomatlashtirish darajasini ko‘tarish hamda axborotni qayta ishlash va tayyorlashning alohida tartibotlari bo‘yicha maxsus bo‘linmalarni ajratish hisobiga (davlat soliq inspeksiyasining oddiy xodimlarining) funksional vazifalarning murakkabligini optimallashtirish va kamaytirish muhim ekanligi aytildi. Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga aralashishni yuqori darajada qisqartirish, soliq yukini pasaytirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu yo‘nalishda qabul qilingan qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda respublika soliq ma'muriyatchiligini zamonaviy asosda yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha eng muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46 / 13.05.2025
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38 / 13.05.2025
Mavzuga oid

20:33 / 17.06.2024
XVF hukumatlarni sun’iy intellektning xavfliligi haqida ogohlantirdi

23:03 / 14.10.2022
XVF Rossiya iqtisodiyotining «chuqur» retsessiyaga kirganini e’lon qildi

21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?

10:06 / 02.07.2021