Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Afg‘oniston bilan uch tomonlama konsorsium tuzishni taklif qildi

Foto: KUN.UZ
Toshkent shahrida davom etayotgan «Tinchlik jarayoni xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida agrosanoatni rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama konsorsium tuzish va mashinasozlikni rivojlantirish takliflari bildirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
«Biz sanoatni rivojlantirish va ijtimoiy masalalarda yaqindan hamkorlik qilish Afg‘oniston uchun faqat foyda keltiradi, deb bilamiz. Shu tufayli, Tojikiston ishtirokida Qirg‘iziston va Afg‘oniston o‘rtasida uch tomonlama agrosanoatni rivojlantirish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qilamiz.
Shuningdek, bosh shtabi Bishkek shahrida ish olib boruvchi Afg‘oniston masalalarini tadqiq etuvchi markazni ishga tushirish lozimligini aytmoqchiman. Bugungi kunda 300dan ortiq afg‘onistonlik yoshlar Qirg‘izistonda tahsil olmoqda. O‘ylaymanki, bu tajriba boshqalar uchun ham asqatadi», - deydi Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev.
Mavzuga oid

19:26 / 01.08.2025
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti

21:43 / 29.07.2025