Shavkat Mirziyoyev Federika Mogerini va Sergey Lavrovni qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni Federika Mogerinini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, davlat rahbari «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Shuningdek, prezident Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham muloqot o‘tkazdi.
Xabarga ko‘ra, davlat rahbari «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Sergey Lavrovni qabul qildi.
Mavzuga oid

15:23
«Bu muhim hafta bo‘ladi» - Rubio tinchlik muzokaralari haqida

09:11
Lavrov: AQSh birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini bildirdi

23:15 / 26.04.2025
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

09:49 / 24.04.2025