«Ukrainaga hech kim ishonmayapti»

Foto: RIA "Novosti"
Ukraina Oliy radasi xalq deputati Yevgeniy Murayevning fikricha, mamlakat to‘rt yil davomida «juda katta bildirilgan ishonchni» yo‘qotdi. Bu haqda siyosatchi NewsOne telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
«Jahonda Ukrainaga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgarmoqda. Agarda prezident Pyotr Poroshenko va Ukrainaga to‘rt yil avval juda katta ishonch bildirilgan bo‘lsa, Myunxenda xavfsizlik masalalari bo‘yicha joriy yilning 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan konferensiya, jahondagi barcha tadbirlardan so‘ng qiziqish pasaymoqda va Ukrainaga hech kim endi ishonmayapti. Bu juda yomon», - deya aytib o‘tdi Murayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati, Kiyevda teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib hibsga olingan Nadejda Savchenko Ukraina prezidentligiga nomzod bo‘lishga va'da bergandi.
Mavzuga oid

13:00
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

12:03
Zelenskiy: Vena Rossiyadan bolalarni qaytarishda vositachilik qilishi mumkin

08:58
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi

10:25 / 15.06.2025