Fuqaroning 64 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi
Buxoro shahar IIBga "Chorbaxosa" MFY, Go‘zal ko‘chasida yashovchi S.F. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs yashash uyiga darvozasi orqali kirib, u yerdan yotoqxonasidagi seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, 64.000.000 so‘mlik har xil turdagi tilla taqinchoqlarini va 650 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab, jami 69.265.000 so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazganligini bildirgan edi, deb xabar qilmoqda IIB.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, Kogon shahar, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan) sudlangan D.D. va uning jinoiy sherigi, Kogon shahar, Xiva ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan, muqaddam (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan) sudlangan N.A. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan D.D. va N.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu shaxslar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Mavzuga oid

22:40 / 28.04.2025
Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

18:55 / 27.04.2025
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025