AQShdagi eng yirik ikkita uyali aloqa operatori birlashmoqda

Foto: AP
AQShdagi T-Mobile va Sprint uyali aloqa operatorlari birlashish haqida kelishib oldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Bitim qiymati 26,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Birlashgan kompaniya T-Mobile brendi ustida ishlashni davom ettiradi, uning mijozlari umumiy soni 127 millionni tashkil etadi.
Ta'kidlanishicha, ikki kompaniya birlashuv imkoniyatini bir necha yil davomida ko‘rib chiqqan. Yakunda birlashgan kompaniya ko‘lam jihatidan bozordagi boshqa ikki yetakchi - Verizon va AT&T’ga teng bo‘ladi.
Uyali aloqa operatorlari vakillarining ma'lum qilishicha, 5G tarmoqlarini rivojlantirish ustida birgalikda ishlashadi hamda qishloq joylarda brendni rivojlantirish bilan shug‘ullanishadi.
Endilikda bitim AQSh monopoliyaga qarshi idoralari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Mavzuga oid

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29 / 28.04.2025
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

14:45 / 28.04.2025