Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dominikana Respublikasi XXR bilan dipmunosabatlarni o‘rnatdi

Foto: REUTERS/Damir Sagolj/Pool
Dominikana Respublikasi Tayvan bilan aloqalarni uzdi va XXR bilan rasmiy diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
XXR va Dominikana Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunikeni imzolash marosimi seshanba kuni ertalab Pekindagi Dyaoyuytay davlat qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Hujjat Dominikana Respublikasi TIV rahbari Migel Vargas va Xitoy TIV rahbari Van I tomonidan imzolandi.
Dominikana Respublikasi hozirga qadar Tayvan bilan rasmiy munosabatlarni saqlab qolgan juda oz sonli davlatlardan biri edi.
Mavzuga oid

21:08
“Chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi” – Sanepidqo‘mita

14:22
Toshkentda besh yulduzli «Pekin» mehmonxonasi quriladi

11:48 / 04.08.2025
Rossiya va Xitoy harbiy mashqlari: Yapon dengizida manyovrlar boshlandi

09:59 / 04.08.2025