Netanyaxu Isroil Eron bilan urushmoqchi emasligini aytdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Eron bilan uning maxfiy yadroviy dasturiga qaramasdan urushishni istamasligini aytdi.
“Hech kim hodisalar bunday bo‘lishini istamayapti. Aynan Eron mintaqada qoidalarni o‘zgartirmoqda”, deb aytgan Netanyaxu “Isroil Eron bilan urushga tayyorlanayaptimi?” degan savolga javoban.
Avvalroq Netanyaxu Isroil ixtiyoriga Eron yadroviy dasturining maxfiy harbiy qismi mavjud bo‘lganini tasdiqlovchi yuz minglab yozma va raqamli hujjatlar tushganini ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, agar bu ma'lumotlar 2015 yilda oshkor bo‘lganda, Eron bilan yadroviy bitim tuzilmagan bo‘lardi.
Netanyaxuning ta'kidlashicha, yadroviy bitim Eronga foydalidir, chunki unga cheksiz miqdorda uran beradi va ballistik raketalarini qamrab olmaydi. Isroil bosh vazirining aytishicha, Eron istasa juda tez qo‘llashi mumkin bo‘lgan bombalarni ishlab chiqarish bo‘yicha katta bilimlarga ega.
Netanyaxuning aytishicha, yadroviy bitim Eronni bosiqroq qilmaydi, Isroil esa qurollanishga yadroviy qurol olmagan.
Mavzuga oid

20:03 / 27.04.2025
Hamas G‘azoda besh yillik sulh va garovga olinganlarni birato‘la ozod qilishga tayyor

18:15 / 27.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

15:24 / 27.04.2025
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi

13:54 / 26.04.2025