Ispaniya termasi sobiq ustozi YeChL finalida kim g‘alaba qozonishini aytdi

Foto: AP
Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Real» futbol klubi sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske Kiyevda bo‘lib o‘tadigan «qaymoqranglilar» va «Liverpul» o‘rtasidagi YeChL finaliga o‘z taxminini bildirdi.
«Real» - Yevropadagi eng yaxshi jamoa. Men «Liverpul»da «Real» asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan bironta futbolchini ko‘rmayapman. Garet Beyl, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu, Marko Asensio va Lukas Vaskes Muhammad Salohdan kuchliroq yoki, xuddi u kabi darajaga ega. «Real» 4:1 hisobida g‘alaba qozonadi», - deya 67 yoshli ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Liverpul» xavbeki Emre Jan YeChL finaliga qadar tiklanishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid

21:18 / 29.04.2025
Ispaniyada blekaut sabab besh kishi halok bo‘ldi

12:10 / 29.04.2025
Ispaniyada blekaut sababli favqulodda holat joriy qilindi

17:12 / 28.04.2025
Yevropaning ayrim davlatlarida blekaut yuzaga keldi

16:39 / 27.04.2025