Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Janubiy Koreyaga protest bildirdi

Foto: Koreya Respublikasi dengiz kuchlari
Yaponiya Janubiy Koreyaga Tokto bahsli orollari yaqinidagi harbiy mashqlar tufayli protest bildirdi. Bu haqda NHK telekanali xabar qilmoqda.
Mashqlar bugun, dushanba kuni boshlanadi va ikki kun davom etadi, ularda oltita kema hamda yettita samolyot qatnashadi. Tokto orollari yaqinidagi mashqlar bir yil ikki marta o‘tkaziladi, avvalgi marotaba ular 2017 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgandi.
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali Janubiy Koreya hukumatiga bahsli hududlar yaqinidagi mashqlar «qabul qilib bo‘lmas» ekani haqida ogohlantirish bilan chiqqan.
Tokio Seulga bahsli hududlar bo‘yicha masalani BMT xalqaro sudiga olib chiqishni taklif qilgan, biroq Janubiy Koreya Toktoni tarixan, geografik va yuridik jihatdan o‘z hududi, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya qiruvchilari yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qolgandi.
Mavzuga oid

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

20:16 / 18.07.2025