Chet elda ishlab turib O‘zbekistonda stajga ega bo‘lish mumkin
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi boshlig‘i Ravshan Ibragimov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida chet elda ishlagan holda, O‘zbekistonda stajga ega bo‘lish haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Endilikda agentlik tomonidan Koreya, Rossiya, Turkiya, Polsha, Qozog‘iston, Latviya, BAA, Ummon sultonligi, Yaponiya, Chexiya kabi qator davlatlariga mehnat qilish maqsadida jo‘nab ketayotgan fuqarolarimiz bir yil davomida EKIHning 4,5 baravari miqdorida pensiya jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazsa, ularga bir yillik staj yoziladi.
Bu bizda yangi tizim hisoblanadi. Avvallari EKIH miqdoridagi summani oyma-oy bir yil ichida to‘lashgan. Lekin hamma ham bundan xabardor bo‘lmagan va ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgan», deydi Ravshan Ibragimov.
Shu bilan bir qatorda tadbirda Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi faoliyati, sohada amalga oshirilayotgan muhim yangiliklar taqdim etildi. Jumladan, Agentlik xorijda ishga joylashish uchun murojaat qilgan fuqarolarimizga tegishli maslahatlar beradi.
Malaka oshirish uchun pullik va tekin 3 va 6 oylik kurslar mavjud. So‘ng o‘qishni tugatgan tinglovchilarga sertifikat topshiriladi. Ushbu hujjat yuqori maoshli ishda mehnat qilish imkoniyatini yaratib beradi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulga borishni rad qilgan Putin, Trampning Qatardagi trillionlik kelishuvlari va G‘azodagi shifoxonaga zarba – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Maktablarda 60 ming o‘qituvchi 8-12 mln so‘m maosh olyapti - prezident
O‘zbekiston | 13:50
-
Bojxona organlari tomonidan fuqarolarga pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:29
-
Rossiyada tub xalqlarning tashkiloti «nomaqbul» deb tan olindi
Jahon | 12:49
Mavzuga oid

17:08 / 29.07.2024
5 yil stajga ega xodimni o‘qishga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

07:38 / 14.09.2023
Mahkum tomonidan bajariladigan har qanday ish stajga qo‘shiladigan mehnat faoliyati turiga kiritiladi

07:51 / 06.07.2023
Sirtqi ta’lim shaklida pedagogik staj faqat 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun talab etiladi

11:01 / 16.02.2023