AQShda uchar avtomobil sinovdan o‘tkazildi (video)

Foto: OPENER
AQShda uchuvchi elektromobil prototipi – multikopter BlackFly (Qora pashsha) namoyish qilindi.
Avtomobilning oldi va orqasida qanotlari bo‘lib, ularda 4 tadan elektr motor o‘rnatilgan. Mashinaning uzunligi 4 metrni, balandligi 1,5 metrni, qanotlari qulochi 4,2 metrni tashkil qiladi.
Yangi avtomobil havoda 62 km/soat tezlik bilan hozircha bor-yo‘g‘i 40 km masofaga ucha oladi.
Kanadaning Opener startapi ushbu mashina ustida 10 yilga yaqin ish olib bormoqda. Firmada aytilishicha, mashina Kanada va AQShda sertifikatlangan. Ushbu loyihaga Google asoschilaridan biri Larri Peyj sarmoya qiritgan.
Mashina savdosi 2019 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Ta'kidlanishicha, bir kishiga mo‘ljallangan avtomobilning narxi yo‘ltanlamasniki kabi bo‘ladi.

Mavzuga oid

09:33
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak

08:44
Tramp ikkinchi muddatining birinchi 100 kuni yakunlarini maqtadi

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43 / 29.04.2025