Rossiya AQShga «Skripallar ishi» bo‘yicha taklif bilan chiqqan

Foto: Reuters/«Gazeta.Ru»
AQShning Rossiyadagi elchixonasi Qo‘shma Shtatlar rasmiylariga Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan yozishmalarini ochiqlash haqida taklif bilan chiqdi. Bu haqda diplomatik missiya saytida xabar berilgan.
«Biz Solsberida yuz bergan jinoyatni ochiq va transparent tergov qilinishi hamda aybdorlar jazoga tortilishi tarafdori bo‘lib qolamiz. Bu masala bo‘yicha yozishmalarini e'lon qilish taklifini berdik», - deyiladi rasmiy izoh matnida.
Elchixonadan ta'kidlashlaricha, ushbu taklifga javob «kelmagan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Skripallar ishi bo‘yicha tergovchini taqdirlagandi.
Mavzuga oid

01:16
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

18:18 / 15.05.2025
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

16:27 / 15.05.2025