Jizzaxda avtomashina yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi

Illyustrativ foto
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 15 avgust kuni Samarqand shahrida yashagan Sh.R. o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” yo‘lining 996-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay beton to‘siqqa borib urilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtomashina ag‘darilib, yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Haydovchi Sh.R. hamda avtomashinada bo‘lgan uning rafiqasi E.S. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025