Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ispaniya klubini sotib olyapti

Foto: AFP
Afsonaviy hujumchi Ronaldo Ispaniyaning «Real Valyadolid» klubini sotib olmoqda.
Cadena SER ma'lumotiga ko‘ra, kelishuv miqdori 30 mln yevroni tashkil etadi. Braziliyalik futbolchi «Valyadolid»ning asosiy aksiyadori va prezidentiga aylanadi.
Manba xabariga ko‘ra, kelishuv ikki yoki uch hafta ichida yopiladi. Shu tariqa, klub o‘zining 25 mln yevrolik qarzini to‘lash imkonini qo‘lga kiritadi.
«Valyadolid» 2017/18-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Ispaniya Primerasiga yo‘l oldi. Jamoa chempionatning birinchi turida «Jirona» bilan durang (0:0) o‘ynadi, ikkinchi turda esa o‘z maydonida «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Mavzuga oid

12:10
Ispaniyada blekaut sababli favqulodda holat joriy qilindi

17:12 / 28.04.2025
Yevropaning ayrim davlatlarida blekaut yuzaga keldi

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

16:03 / 15.04.2025